Muhim: Mazkur Kelishuv siz bilan HONOR Device Co., Ltd. (bundan buyon matnda “HONOR” deb yuritiladi) o‘rtasida Honor Suite (ushbu “Dasturiy ta’minot”) dasturidan foydalanish yuzasidan tuzilgan yakuniy foydalanuvchi bilan litsenziya kelishuvidir. O‘RNATISH tugmasini bossangiz, mazkur Kelishuvni diqqat bilan o‘qib chiqqaningiz hamda barcha shartlarini qabul qilganingizni bildirasiz.

1. Qo‘llanish sohasi
Bu Kelishuv faqat Honor Suite xizmatiga taalluqlidir. Bu Kelishuvda berilgan huquqlar boshqa hech qaysi dasturiy ta’minotga nisbatan qo‘llanmaydi.

2. Intellektual mulk huquqlari
Mazkur Dasturiy ta’minot uchun barcha intellektual mulk huquqlari HONOR kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasining qonunlari, mualliflik huquqiga oid xalqaro shartnomalar hamda boshqa qonun va shartnomalar bilan himoyalanadi.

3. Litsenziyaning qamrov doirasi
3.1 Bu Dasturiy ta’minot bepul taqdim etiladi. Dasturiy ta’minotni notijorat maqsadida cheklanmagan miqdordagi qurilmalarga yuklab olish, o‘rnatish va foydalanish mumkin.
3.2 Dasturiy ta’minotni notijorat maqsadida cheklanmagan miqdordagi qurilmalarga nusxalash, yuborish va tarqatish mumkin. Ammo ushbu Dasturiy ta’minotning barcha nusxalari, jumladan, yuborilgan yoki tarqatilgan barcha nusxalari to‘liq bo‘lib, unga biriktirilgan barcha ma’lumotlar, jumladan, elektron hujjatlar, mualliflik huquqiga oid eslatmalar, savdo belgilari va ushbu Kelishuv ham birga berilishi kerak.

4. Foydalanishdagi cheklovlar
4.1 Bu Dasturiy ta’minot ustida teskari muhandislik ishlarini bajarish, qayta yig‘ish yoki dekompliyatsiya qilish mumkin emas. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot fayllari tarkibidagi hech qaysi resursni tahrirlash mumkin emas.
4.2 Dasturiy ta’minotni qismlarga ajratish yoki uni qisman yoki to‘laligicha boshqa dasturiy ta’minot tizimlari tarkibiga qo‘shish mumkin emas.
4.3 Dasturiy ta’minot tarkibida kelgan mualliflik huquqiga oid bayonotlarni yoki eslatmalarni o‘chirish mumkin emas.
4.4 Dasturiy ta’minotdan hosilaviy dasturiy ta’minot yoki ilovalar ishlab chiqishda foydalanish mumkin emas.
4.5 Dasturiy ta’minotning hech qaysi xususiyati yordamida noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish mumkin emas.
4.6 Mazkur Kelishuvda aniq-tiniq sizga berilmagan barcha boshqa huquqlarni HONOR o‘zida saqlab qoladi.

5. Majburiyatdan bosh tortish
5.1 Dasturiy ta’minot “qanday bo‘lsa shunday” taqdim etiladi. Dasturiy ta’minot tomonidan taqdim etilgan xizmatlarning o‘z vaqtidaligi va aniqligiga HONOR hech qanday kafolat bermaydi.
5.2 Siz shunga rozilik bildirasizki, nazorat qilib bo‘lmaydigan vaziyatlar, kompyuter viruslari, xakerlar hujumi, tizimlarning nomuvofiqligi va boshqa ko‘rsatilmagan sabablar tufayli bu Dasturiy ta’minot ko‘rsatadigan xizmatlar to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. HONOR aybdor bo‘lmagan xatoliklar yoki ma’lumotlarning o‘chib ketishi tufayli yetkazilgan zararlarga HONOR javobgar bo‘lmaydi.

6. Foydalanish statistikasi
6.1 Dasturiy ta’minot funksiyalaridan foydalanish uchun telefoningizda Honor Suite o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Siz so‘ragan xizmatlarni taqdim etish uchun ushbu Dasturiy ta’minot telefonda ayrim ruxsatnomalarni, jumladan, chaqiruv, matnli xabar yuborish va kontaktlarga kirish uchun ruxsat so‘rashi mumkin.
6.2 Mazkur Dasturiy ta’minot faqat rasmiy HONOR operatsion tizimida ishlayotgan telefonlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan. Rasmiy HONOR operatsion tizimida ishlamayotgan qurilmaga ushbu Dasturiy ta’minotni o‘rnatgan foydalanuvchilarga bu Dasturiy ta’minot ko‘rsatadigan xizmatlar sifatiga HONOR hech qanday kafolat bermaydi. 
6.3 HONOR vaqti-vaqti bilan Dasturiy ta’minotni yangilab turishi mumkin. Xizmatlarning uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Dasturiy ta’minotning shu versiyasi telefonda o‘rnatilgan Honor Suite versiyasiga mos kelishi kerak.

7. Kelishuvning tugatilishi
Agar ushbu Kelishuvning shart va talablariga rioya qilmasangiz, HONOR va/yoki uning litsenziarlari istalgan vaqtda bu Kelishuvni tugatish huquqiga egadirlar. Bu Kelishuv tugatilgach, darhol Dasturiy ta’minotdan foydalanishni to‘xtatishingiz va kompyuteringizga o‘rnatilgan yoki nusxalangan barcha dasturiy ta’minotga aloqador fayllarni o‘chirib tashlashingiz shart. 

8. Cheklangan kafolat
8.1 Mazkur Kelishuvda oshkora tarzda berilgan kafolatlardan tashqari, HONOR hech qanday oshkora yoki pinhona kafolat bermaydi, jumladan, tovarning yaroqliligi va muayyan maqsadga mos kelishiga kafolat bermaydi.
8.2 HONOR uchinchi tomonning huquqlari buzilmasligiga hech qanday kafolat bermaydi.

9. Mas’uliyatning cheklanishi
9.1 HONOR kutilmagan vaziyatlarning ro‘y berishi, suiiste’mol qilish, noto‘g‘ri foydalanish yoki Dasturiy ta’minotni ruxsatsiz o‘zgartirishdan kelib chiqadigan muammolarga javobgar bo‘lmaydi va hech qanday kafolat bermaydi. 
9.2 HONOR ushbu Dasturiy ta’minotdan foydalanish doirasidan tashqarida ro‘y beradigan har qanday tasodifiy, bilvosita yoki jarimaviy zararlarga, jumladan, faoliyat daromadidan mahrum bo‘lish, faoliyatning to‘xtashi yoki axborotlarning o‘chib ketishiga javobgar bo‘lmaydi. HONOR bunday zararlar ehtimolidan ogohlantirilgan taqdirda ham javobgar bo‘lmaydi. 

10. Versiya yangilanishlari
10.1 HONOR ushbu Dasturiy ta’minot versiyasini kelajakda yangilash yoki yangilamaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
10.2 Bu Kelishuv o‘rniga boshqa litsenziya kelishuvi belgilanmagan taqdirda, Dasturiy ta’minotning yangilangan versiyalariga ham shu Kelishuv qo‘llaniladi.
10.3 Agar bu Dasturiy ta’minot yangilangan versiya deb belgilangan bo‘lsa, shu Kelishuvga rioya qilishingiz shart.

11. Yozma murojaatlar
Ushbu Kelishuvga oid barcha murojaatlar yozma shaklda bo‘lishi shart.

12. Boshqalar
12.1 Agar siz Yevropa Ittifoqida joylashgan bo‘lsangiz, bu kelishuv Germaniya qonunlari bilan boshqariladi. Bu Kelishuv yuzasidan siz bilan HONOR o‘rtasidagi har qanday bahsli vaziyatlar yuzasidan Germaniya yurisdiksiyasidagi sudga murojaat qilinishi lozim. Agar siz boshqa mamlakat yoki mintaqada joylashgan bo‘lsangiz, bu kelishuv Xitoy Xalq Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi. Bu Kelishuv yuzasidan keladigan har qanday bahsli vaziyatlar o‘zaro kelishuv orqali hal qilinishi lozim. O‘zaro kelishuv orqali bahsni hal qilib bo‘lmasa, sud orqali hal qilish uchun Shenchjen Lungan tumani fuqarolik sudiga topshiriladi.
12.2 Og‘zaki tarzda kelishuvga kelinmaydi.
12.3 Biror-bir sabab bilan Kelishuvning biror sharti qisman yoki to‘laligicha yaroqsiz bo‘lib qolsa yoki tatbiq etilmasa yoki amaldagi qonunlarga zid kelsa, mazkur shart ajratiladigan deb hisoblanadi. Ammo boshqa shartlarning yaroqliligi va kuchga kirishi o‘zgarmay qoladi.
12.4 HONOR vaqti-vaqti bilan ushbu Kelishuvni yangilashi mumkin va o‘zgartirilgan versiyani qonunan ruxsat berilgan usulda sizga yuboradi. Agar HONOR ushbu Kelishuvga kiritgan o‘zgarishni qabul qilmasangiz, darhol Dasturiy ta’minotdan foydalanishni to‘xtatishingiz lozim. Agar HONOR yangilanishini olgandan so‘ng Dasturiy ta’minotdan foydalanishni davom ettirsangiz, HONOR ushbu Kelishuvga kiritgan o‘zgarishni qabul qilganingizni bildirasiz.

13. Yaxlit kelishuv
Kelishuv mavzusiga aloqador tomonlar uchun ushbu Kelishuv va uning qo‘shimchalari yaxlit kelishuvni tashkil etadi va mavzuga oid avvalgi oshkor va pinhona kafilliklar va/yoki kelishuvlarning o‘rnini bosadi. Bu Kelishuvda Dasturiy ta’minot yuzasidan HONOR kompaniyasining barcha majburiyatlari ifoda etilgan.
