Hurmatli foydalanuvchilar,
Huawei Device Co., Ltd. va uning dunyodagi barcha korporativ filiallari (“Huawei” yoki “Biz”) o‘z maxfiyligingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sizga qanchalik muhim ekanligini yaxshi tushunadi hamda maxfiyligingizni himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi. Iltimos, ushbu Maxfiylik siyosatini (“ushbu Siyosat”) yaxshilab o‘qib, tushunib va unga rozi bo‘lmasdan turib, Huawei kompaniyasiga hech qanday shaxsiy yoki maxfiy ma’lumotlaringizni yubormang yoki taqdim etmang.
Ushbu Siyosatni ishlab chiqishdan maqsad – quyidagilarni bilishingizga yordam berishdir:
1) Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanadi
2) Huawei cookie-fayllardan va shunga o‘xshash texnologiyalardan qanday foydalanadi
3) Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday oshkor qiladi
4) Shaxsiy ma’lumotlaringizga qanday kirish, tuzatish va o‘zgartirish mumkin
5) Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qiladi
6) Huawei bolalarning shaxsiy ma’lumotlari bilan qanday ishlaydi
7) Tashqi ta’minotchilar va ularning xizmatlari
8) Shaxsiy ma’lumotlaringiz xalqaro chegaralar bo‘ylab qanday uzatiladi
9) Ushbu Siyosat qanday yangilanadi
10) Xalqaro foydalanuvchilar
11) Huawei bilan qanday bog‘lanish mumkin
Shuni esda tutingki, ushbu Siyosat Huawei kompaniyasining faqat maishiy elektronika mahsulotlari, masalan, oddiy mobil telefonlar, smartfonlar, planshetlar, uy qurilmalari, xotira kartalari, kompyuter dasturlari, vositalari va dasturiy ta’minoti hamda tegishli veb-saytlar va xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu Siyosatda Huawei shaxsiy va maxfiy ma’lumotlar bilan qanday ishlashi hamda Huawei maxfiyligingizni himoya qilish uchun qanday choralarni ko‘rishi tasvirlangan. Biroq, birgina siyosat ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha jihatlarini qamrab olish uchun yetarli emas. Shuning uchun, Huawei ma’lumotlarni to‘plashning boshqa maqsadlari haqida sizni xabardor qilish uchun ushbu Siyosatga qo‘shimcha tarzda faqat muayyan mahsulot yoki xizmatga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etadi. Muayyan mahsulot yoki xizmatga aloqador maxfiylik tartib-qoidalarimizni yanada yaxshiroq anglash uchun ushbu Siyosat va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Shaxsiy ma’lumotlar bu – biror kimsaning shaxsini alohida aniqlay oladigan yoki mahsulot va xizmatlarimizdan foydalanish davomida to‘planadigan ma’lumotlardir, masalan, ism, tug‘ilgan sana, manzil, identifikatsiya raqami, telefon raqami, hisobraqami, rasm hamda biror kimsa yuqorida tilga olingan mahsulot yoki xizmatlardan foydalanadigan vaqt va joy. Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadda to‘playdi va foydalanadi. Biz to‘plashimiz va foydalanishimiz mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga misollar quyida keltirilgan:
1) Huawei qanday turdagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi
Biz sizdan turli xil shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin, masalan, ismingiz, profil rasmingiz, telefon raqamingiz, e-pochtangiz manzili, yoshingiz va joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlar. Quyida biz sizdan to‘plashimiz mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning ayrim turlariga misollar keltirilgan.
a. Siz bevosita taqdim etadigan ma’lumotlar – bizning ko‘plab xizmatlarimiz sizga o‘z hisobingiz yoki profilingizni yaratish imkonini beradi. Biz sizdan hisobingiz haqidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin, masalan, e-pochtangiz manzili, yetkazib berish manzilingiz, telefon raqamingiz, mahsulot haqida ma’lumot, xarid qilingan vaqti va to‘lov usuli. Agar siz Huawei xizmatlaridan do‘stlaringizga kontent ulashish uchun foydalansangiz, biz sizdan do‘stlaringizning kontakt ma’lumotlarini taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin, masalan, ularning ismi, profil rasmi, telefon raqami va e-pochta manzili. Ayrim xizmatlarimiz sizga boshqa odamlar bilan muloqot qilish va ma’lumot almashish imkonini beradi. Bunday muloqot va ma’lumot almashinuvi xavfsiz amalga oshadi. Agar qurilmangiz yoki biror ilovada muammo yuz bersa, siz Huawei kompaniyasiga xatolik haqidagi ma’lumotlarni yuborishingiz mumkin.
b. Xizmatlarimizdan foydalanishingizga oid ma’lumotlar – Biz qurilmalaringizdan tizim va ilova haqidagi ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin, jumladan, qurilma nomi, tizim va ilova versiyalari, hududiy va til sozlamalari, qurilma versiyalari, qurilmaning identifikatsiya raqamlari (IMEI, ESN, MEID va SN raqamlari), qurilmangizning geografik joylashuvi haqidagi ma’lumotlar (masalan, qurilmangiz turgan joyning identifikatsiya raqami), sizga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaning tarmoq identifikatori (PLMN), ilovalardan qanday foydalanishingiz hamda Internetga kirish uchun ishlatiladigan IP manzil. Biz, shuningdek, jurnal ma’lumotlarini, masalan, xizmatlarimizdan foydalanish vaqtingiz va uning davomiyligi, xizmatlarimiz orqali siz kiritadigan qidiruv so‘rovlari hamda qurilmalaringizga joylangan cookie-fayllarda saqlanayotgan har qanday ma’lumotlarni ham to‘plashimiz mumkin.
c. Tashqi manbalaridan olinadigan ma’lumotlar – Biz ommaga ochiq bo‘lgan va tijoriy manbalardan siz haqingizdagi ma’lumotlarni qonun ruxsat etgan tarzda olishimiz mumkin. Bundan tashqari, biz tashqi ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan ham ushbu tarmoqlarga ulangan, masalan, veb-saytlarimizga Facebook yoki Twitter hisobingiz bilan kirgan vaqtingizda siz haqingizdagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
2) Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanadi
Shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin:
a. xarid buyurtmalaringizni bajarish, mahsulot yoki xizmatlarni yetkazib berish, mahsulot yoki xizmatlarni faollashtirish yoki tekshirish, so‘rovingiz asosida o‘zgartirishlar kiritish va texnik ko‘mak xizmati ko‘rsatish;
b. siz bilan bog‘lanish, siz qiziqishingiz mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni yuborish, roziligingiz asosida sizni Huawei promo-aksiyalari va bozor tadqiqoti so‘rovnomalarida ishtirok etish uchun taklif qilish yoki oldindan roziligingiz bilan sizga bevosita marketin ma’lumotlarini taqdim etish; agar bunday ma’lumotlarni olishni xohlamasangiz, xohlagan vaqtda obunani bekor qilishingiz mumkin;
c. sizga tizim yoki ilova yangilanishlari haqida xabar berish hamda shunday yangilanishlarni amalga oshirish;
d. sizga moslashgan foydalanuvchi tajribasini taqdim etish va kontentni o‘zingizga moslashtirish hamda sotuvdan keyingi xizmatlarni faollashtirish;
e. mahsulot va xizmatlarimizni yaxshilash maqsadida ichki taftish, ma’lumotlar tahlili va tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
f. biznes faoliyatimiz samaradorligi va bozordagi ulushimizni tahlil qilish;
g. mijoz bilan aloqalarni yaxshilash hamda sizga taqdim etiladigan xizmatlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash;
h. mabodo bizga xatoliklar hisobotini yuborishni xohlasangiz, sizga nosozliklarni tuzatish xizmatini ko‘rsatish;
i. siz yuklaydigan yoki yuklab oladigan hamda yuklama va yuklanishlarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni sinxronlash, ulashish va saqlash; va
j. yo‘qolishdan himoya va firibgarlikka qarshi dasturlarimizni yaxshilash.
3) Joylashuvga asoslangan xizmatlar
Agar siz joylashuvga asoslangan muayyan xizmatlarga kirsangiz, masalan, ma’lumot qidirsangiz, yo‘nalishni aniqlasangiz yoki muayyan joyda ob-havoni tekshirsangiz, Huawei qurilmangizning aniq yoki noaniq joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni to‘plashi, ishlatishi va qayta ishlashi mumkin. Bu Huawei kompaniyasiga sizga yuqoridagi xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. To‘plangan ma’lumotlar o‘z ichiga qurilmaning identifikatsiya raqamlari (IMEI, ESN, MEID va SN), turi, modeli hamda ayni paytdagi joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni (jumladan, GPS va Wi-Fi orqali olingan ma’lumotlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi operatorning tarmoq identifikatorini) olishi mumkin. Huawei joylashuvga asoslangan mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish hamda ularni yaxshilash uchun joylashuv haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi.
Biz sizdan har bir xizmatga o‘tganingizda joylashuvni aniqlash xizmatlarini yoqishingizni so‘rashimiz mumkin. Agar joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni xohlamasangiz, qurilmalaringizda joylashuvni aniqlash xizmatlarini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Joylashuvga asoslangan xizmatlarni o‘chirib qo‘yish haqida batafsil ma’lumot olish uchun aloqa operatoringiz yoki xizmat ko‘rsatuvchi firmaga murojaat qiling.
4) Shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish
“Shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlar” deganda muayyan kimsa shaxsini aniqlash imkonini bermaydigan ma’lumotlar tushiniladi. Huawei yalpi statistik ma’lumotlarni to‘plashi mumkin, masalan, o‘z veb-saytiga kirgan tashrif buyuruvchilar soni. Huawei bunday ma’lumotlarni odamlar uning veb-sayti, mahsulotlari va xizmatlaridan qanday foydalanayotganligini tushunish uchun to‘playdi. Shu yo‘l bilan Huawei iste’molchilarning talablariga yaxshiroq javob berish uchun o‘z xizmatlarini yaxshilashi va takomillashtirishi mumkin. Huawei shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlarni o‘z xohishi bo‘yicha boshqa maqsadlarda to‘plashi, ishlatishi, qayta ishlashi, boshqaga o‘tkazishi yoki oshkor qilishi mumkin.
Biz shaxsiy ma’lumotlar va shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlarni alohida saqlash hamda har bir axborot turidan mustaqil ravishda foydalanish uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Agar shaxsiy ma’lumotlar shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlar bilan birlashtiriladigan bo‘lsa, bunday birlashuv ular birlashgan holatda qoladigan muddatgacha shaxsiy ma’lumotlar sifatida qaraladi.
1) Cookie-fayllar
Veb-saytlarimiz to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida biz ba’zan kompyuterlaringiz yoki mobil qurilmalaringizga cookie-fayllar deb nomlangan kichik ma’lumot fayllarini joylashimiz mumkin. Cookie-fayl – bu, kichkina matnli fayl bo‘lib, u veb-saytning serveri tomonidan kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizda saqlanadi va undagi ma’lumotlarni faqat o‘sha server olishi va o‘qishi mumkin. Har bir cookie-fayl veb-brauzeringiz yoki mobil ilovangiz uchun yagona hisoblanadi. Unda muayyan ma’lumotlar, jumladan, alohida identifikator, sayt nomi, ayrim raqamlar va belgilar mavjud bo‘ladi. Cookie-fayllar veb-saytlarga turli ma’lumotlarni, masalan, shaxsiy sozlamalaringiz yoki xarid savatingizdagi narsalarni eslab qolishga ruxsat beradi.
Ko‘plab katta veb-saytlar yoki Internetda xizmat ko‘rsatuvchi firmalar bitta tashrif (“seans cookie-fayli” yordamida) yoki takroriy tashrif (“doimiy cookie-fayl” yordamida) davomida veb-saytlarga sizni “eslab qolish” imkonini berish orqali foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida shunday qilishadi. Cookie-fayllar veb-saytlarga sozlamalaringizni eslab qolishga yordam beradi – til, shrift o‘lchami va veb-saytni kompyuterlaringiz yoki mobil qurilmalaringizda qanday ko‘rinishi bo‘yicha qilgan boshqa sozlamalaringiz. Shunday qilib, siz har safar veb-saytimizga qaytib kirganingizda ularni qayta kiritishingiz kerak emas. Agar biror veb-sayt cookie-fayllardan foydalanmasa, u har safar veb-saytdagi yangi sahifani ochganingizda sizni yangi tashrif buyuruvchi deb hisoblaydi. Masalan, siz veb-saytda o‘z hisob ma’lumotlaringizni kiritib, keyingi sahifaga o‘tsangiz, veb-sayt sizni tanimaydi va sizni tizimga kirgan holatda ushlab tura olmaydi.
Huawei cookie-fayllardan bu yerda ko‘rsatilgan maqsadlardan boshqa hech qanday maqsadda foydalanmaydi. Siz zaruratga qarab cookie-fayllarni boshqarishingiz yoki o‘chirib tashlashingiz mumkin. Tafsilotlar uchun: AboutCookies.org. Siz kompyuterlaringizdagi barcha cookie-fayllarni o‘chirib tashlashingiz hamda ko‘plab brauzerlarda cookie-fayllardan foydalanishni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin. Biroq, agar shunday qilsangiz, veb-saytimizga har safar kirganda, ba’zi sozlamalarni qo‘lda o‘zgartirishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Brauzeringiz sozlamalarini qanday o‘zgartirish haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolalarga o‘ting: <Internet Explorer>, <Google Chrome>, <Mozilla Firefox>, <Safari>, va <Opera>.
2) Veb-mayoqlar va pikselli teglar
Cookie-fayllardan tashqari biz ularga o‘xshash veb-mayoqlar va pikselli teglar texnologiyalaridan ham foydalanamiz. Odatda, Huawei tomonidan e-pochta orqali sizga yuboriladigan xatda Huawei veb-saytidagi kontenga havola qiluvchi “ustiga bosiladigan URL” bo‘lishi mumkin. Agar siz o‘sha havola ustiga bossangiz, mazkur klik Huawei tomonidan kuzatiladi hamda u bizga mahsulot yoki xizmatlarimizdan foydalanish tajribangizni o‘rganish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi. Veb-mayoq, odatda, shaffof grafik tasvir ko‘rinishida bo‘lib, u sayt yoki xatning ichiga joylanadi. Pikselli teglar bizga elektron xatlarni maxsus formatda yuborish imkonini berib, ular bizga xat ochilgan yoki ochilmaganligini aniqlashga yordam beradi. Agar siz ushbu texnologiyalar yordamida kuzatilishni xohlamasangiz, obunani xohlagan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.
3) Kuzatmaslik signallari
Ko‘plab veb-brauzerlarda “Kuzatilmasin” funksiyasi mavjud bo‘lib, u foydalanuvchilar tomonidan ochilgan veb-saytlarga “Kuzatilmasin” degan signallarni yuboradi. Ayni paytda, Internet standartlarini ishlab chiquvchi yetakchi tashkilotlar ishtirokchilari o‘rtasida veb-saytlar shunday signallarni olganida ular nima qilishi lozimligi to‘g‘risida hech qanday hamfikrlik yo‘q. Biz, shunday bo‘lsa-da, brauzeringizdagi “Kuzatilmasin” funksiyasini hurmat qilamiz.
Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi tomonga sotmaydi. Biroq, Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi holatlarda oshkor qilishi mumkin:
1) Ochiq-oydin rozligingiz bilan oshkor qilish – Ruxsatingizni olgandan so‘ng, Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni siz ma’qul ko‘rgan usulda boshqa tomonlar bilan baham ko‘rishi mumkin.
2) Huawei filiallariga oshkor qilish – Shaxsiy ma’lumotlaringiz Huawei filiallari o‘rtasida baham ko‘rilib, tartib-qoidalarga muvofiq, biz o‘z filiallarimizga zarur bo‘lgan minimal ma’lumotdan ortig‘ini oshkor qilmaymiz.
3) Vakolatli hamkorlik qiluvchi tomonlarga (“Hamkorlarimiz”) – Huawei sizga ayrim xizmatlarni o‘z Hamkorlari orqali taqdim etishi mumkin. Shuning uchun, Huawei sizga yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatish hamda umumiy foydalanish tajribasini oshirish maqsadida ayrim shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z Hamkorlari bilan baham ko‘rishi mumkin. Masalan, siz Huawei mahsulotlarini Internet orqali sotib olishga qaror qilsangiz, Huawei logistika xizmatini ko‘rsatuvchi tegishli firmalarga sizga mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatini berish uchun yoki Hamkorlarga sizga o‘z xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini berish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni ularga taqdim etadi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz faqat muayyan, yaqqol va qonuniy maqsadlar uchun qayta ishlanib, bunda ma’lumotlar miqdori ko‘zda tutilgan maqsadlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan minimal qiymatgacha cheklanadi. Huawei kompaniyasining barcha filiallari yoki Hamkorlariga baham ko‘rilgan shaxsiy ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat berilmagan.
4) Shaxsiy ma’lumotlaringizni huquqiy talablar asosida yoki boshqa zarur holatlarda oshkor qilish: Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni qonun, huquqiy jarayonlar, sud jarayoni, xalq hokimiyati yoki davlat organlari tomonidan talab qilinganda oshkor qilishi mumkin. Ayrim yurisdiksiyalarda shaxsiy ma’lumotlaringiz, shuningdek, kelishuv tomonlariga ham oshkor qilinishi mumkin, agar Huawei shunday qayta tuzilish, birlashish yoki bankrotlik ishlarida qatnashayotgan bo‘lsa. Biz ma’lumotlaringizni foydalanish shartlari va qoidalarimizni bajarish hamda mijozlarimizni himoya qilishni o‘z ichiga oluvchi mantiqan zarur holatlarda ham oshkor qilishimiz mumkin.
Siz Huawei shartlari va qoidalari ostida o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni, masalan, shaxsiy hisobingizni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarni xohlagan vaqtda boshqara olasiz. Shu munosabat bilan siz kiritilayotgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ri, to‘liq va yangi holatda saqlanishi uchun zarur choralarni ko‘radi.
Sizda shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqi bor, qonun tomonidan ruxsat etilmagan holatlar bundan mustasno. Agar ayrim mamlakat va yurisdiksiyalarda maxfiylik va axborot xavfsizligiga oid maxsus qoidalar bo‘lsa, biz ularga bo‘ysunamiz. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan consumer_privacy@huawei.com e-pochtasi orqali bog‘laning. Xavfsizlik yuzasidan sizdan so‘rovingizni yozma shaklda taqdim etish so‘ralishi mumkin.
Shu bilan birga, sizda biz saqlaydigan ma’lumotlaringizni xohlagan vaqtda o‘chirish yoki tuzatish huquqi mavjud. Agar so‘rov yuborsangiz, Huawei ko‘rsatmalaringiz asosida shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlashi yoki ularga tuzatish kiritishi mumkin. Shunday qilish uchun biz bilan consumer_privacy@huawei.com e-pochtasi orqali bog‘laning. Biroq, agar so‘rovlar yomon niyatda qilinganligi, umuman bajarib bo‘lmasligiga yetarlicha asosimiz bo‘lsa yoki ularga kirish mahalliy qonunlar tomonidan taqiqlangan bo‘lsa, bunday so‘rovlarni rad qilishimiz mumkin.
Huawei shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratadi. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizga ruxsatsiz kirish, ularni oshkor qilish, foydalanish, o‘zgartirish, zarar yetkazish yoki yo‘qotishga qarshi himoya choralarini ko‘rish uchun jahon standartiga mos tajribalardan foydalanamiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun barcha mos amaliy choralarni ko‘ramiz, masalan: ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash uchun ularni shifrlaymiz; ma’lumotlarni zararli hujumlardan himoya qilish uchun ishonchli himoya mexanizmlaridan foydalanamiz; biz ayrim shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini faqat vakolatli xodimlarga taqdim etuvchi nazorat mexanizmlariga egamiz; biz xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi tushunchasi haqida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali xodimlarga shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash qanchalik muhim ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringiz to‘g‘ri va aloqador bo‘lishi uchun barcha oqilona choralarni ko‘ramiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat ushbu Siyosatda ta’kidlangan maqsadlarni bajarish uchun zarur muddatgacha o‘zimizda saqlab turamiz hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni uzoqroq muddat saqlab turish qonun tomonidan talab qilingan yoki ruxsat etilmagan taqdirda, ularni ortiqcha muddat o‘zimizda saqlab turmaymiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish maqsadida eng kuchli choralarni ko‘rishimizga qaramasdan, shuni yodda tutingki, hech qaysi xavfsizlik chorasi 100% mukammal yoki buzilmaydigan bo‘lmaydi.
Bizning mahsulot, veb-sayt va xizmatlarimiz asosan kattalar uchun mo‘ljallangan. Bolalarga o‘zlarining ota-onasi/vasiyi roziligisiz foydalanuvchi hisobini yaratish uchun ruxsat berilmagan. Bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash qonuniy talablarga muvofiq yoki ota-onasining roziligi bilan amalga oshirilib, bunda biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni ota-onaning roziligi bilan mahalliy qonunlar va normativ hujjatlarga muvofiq bola manfaatlarini himoya qilish uchun faqat qonunan ruxsat etilgan darajagacha foydalanamiz yoki oshkor qilamiz. Bola degan tushunchaning ta’rifi turli davlatlardagi qonunchilik va mahalliy urf-odatlarga qarab farq qilishiga qaramasdan, biz 13 yoshdan kichik har qanday shaxsni bola sifatida qaraymiz.
Agar Huawei ota-onaning roziligisiz biror bolaning shaxsiy ma’lumotlari to‘planganini bilib qolsa, u ma’lumotlarni iloji boricha tezroq o‘chirib tashlash uchun barcha choralarni ko‘radi.
Samarali tashrifni ta’minlash va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida sizga Huawei va Hamkorlarimiz uchun tashqi tomon hisoblangan tashqi ta’minotchilar (“Uchinchi tomon”) tomonidan kontent yoki Internet havolalari taqdim etilishi mumkin. Huawei kompaniyasi Uchinchi tomon ustidan nazorat qila olmaydi va siz ular taqdim etgan havolalar yoki kontentlarga kirish yoki kirmaslik, ularning xizmatlari yoki mahsulotlaridan foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zingiz tanlaysiz.
Huawei kompaniyasi Uchinchi tomonning hech qanday maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarini nazorat qila olmaydi hamda bunday chora-tadbirlar ushbu Siyosat bilan tartibga solinmaydi. Agar siz biror ma’lumotni Uchinchi tomonga ko‘ngilli ravishda taqdim etmoqchi bo‘lsangiz, ularning maxfiylikni himoyalashga oid siyosatlariga qarang.
Huawei kompaniyaisning mahsulot va xizmatlari dunyoning turli mamlakat va mintaqalarida joylashgan resurslar va serverlardan foydalangan holda taqdim etilishi mumkin. Shu sababli, shaxsiy ma’lumotlaringiz siz mahsulot yoki xizmatlarimizdan foydalanadigan mamlakatdan tashqariga chiqib, xalqaro chegaralar orqali boshqa mamlakatlarga uzatilishi va ularga kirilishi mumkin. Ushbu mamlakatlar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha muayyan qonunlarga ega bo‘lmasligi mumkin yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha boshqacha huquqiy qoidalarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda Huawei ma’lumotlaringizga nisbatan bir xil darajadagi himoya choralari ko‘rilishi va shaxsiy ma’lumotlaringizni yetarli darajada himoya qilish tegishli qonun-qoidalar va normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Masalan, Huawei ma’lumotlaringizni xalqaro darajada uzatish uchun roziligingizga asoslanishi yoki ma’lumotlarni transchegaraviy uzatilishidan oldin anonimizatsiya kabi xavfsizlik choralarini ko‘rishi mumkin.
Huawei vaqti-vaqti bilan ushbu Siyosatni yangilash yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Huawei o‘zgarishlar haqida sizni turli yo‘llar bilan xabardor qilishga harakat qiladi. Agar maxfiylik siyosatimizga biror o‘zgartirish kiritilsa, yangilangan maxfiylik siyosatini rasmiy veb-saytimizdan olishingiz mumkin (http://consumer.huawei.com). Biz maxfiylik siyosatimizga o‘zgartirish kiritilgani haqida sizga alohida eslatma (m-n, elektron bildirishnoma) yuborishimiz ham mumkin.
Shuni bilingki, Yevropa iqtisodiy hamkorligiga a’zo mamlakatlar yoki Shveytsariya, Albaniya, Andorra, Bosniya, Farer orollari, Gibraltar, Grenlandiya, Makedoniya, Moldova, Monako, Chernogoriya, San-Marino, Serbiya, Vatikan, Yaponiya, Koreya, AQSH, Kanadada yashovchi foydalanuvchilarning Huawei Consumer Cloud Services doirasidagi shaxsiy ma’lumotlari Huawei Technologies Deutschland, GmbH tomonidan nazorat qilinadi. Biroq, Huawei onlayn do‘koni (www.hihonor.com/us) esa Huawei Device USA, Inc. tomonidan boshqariladi.
Agar sizda biror savol, taklif va mulohazalar bo‘lsa, ularni e-pochta orqali consumer_privacy@huawei.com manzilimizga yoki global ofislarimizdan biriga yuborishingiz mumkin. Ofislarimiz manzillarining to‘liq ro‘yxatini rasmiy veb-saytimizdan olishingiz mumkin:
http://www.huawei.com/en/contact-us
Muhim eslatma – Huawei maxfiylik siyosatining mahalliy tildagi versiyasi mahalliy qonunlar va til odatlari sababli uning ushbu versiyadan farq qilishi mumkin. Tafovut yuzaga kelganda mahalliy tildagi versiya ustunlik qiladi.
Oxirgi yangilanish: 2016-yil, sentabr
© Huawei Device Co., Ltd. 2016. Barcha huquqlar himoyalangan